» » Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi


Janubiy Koreyada koronavirusga chalingan shaxslarning 60 nafari chet el fuqarolari bo‘lib, ulardan kamida bir nafari o‘zbekistonlikdir. Bu haqda Koreyaning Newsis portali xabar bermoqda. O‘zbekiston fuqarosida kasallik qachon aniqlangani, uning joriy ahvoli va qayerda ekani haqida aniq ma’lumot yo‘q. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu holat bo‘yicha axborot bermagan.

Ushbu xabar Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarning internetdagi guruhlarida muhokamalarga sabab bo‘lgan. “Bemor haqida batafsil ma’lumot olsak, keyinroq yoritishga harakat qilamiz”, deyiladi Koreyadagi o‘zbek talabalarining umumiy Telegram-kanalida.

Janubiy Koreyadagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tuzilgan markaziy shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi koronavirusga chalingan chet el fuqarolarining 38 nafari xitoylik, yetti nafari esa AQSh fuqarosi.

Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston, Vyetnam, Argentina, Avstraliya, Tailandning ikki nafardan, Indoneziya, Yaponiya, Polshaning bir nafardan fuqarolari ham Janubiy Koreyada koronavirusga chalingan.

Avvalroq Rossiyaning Tyumen shahriga kasallangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda kelgan uch o‘zbekistonlik koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani, biroq ularda virus topilmagani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiyada kasalxonaga yotqizilgan uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi

Shunday qilib, Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosining koronavirus yuqtirib olgani haqidagi ma’lumot — bu O‘zbekiston fuqarolari orasida ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq ilk tasdiqlangan holatdir.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus bilan kasallangan bemorlar qayd etilgani yo‘q.

Mavzuga doir: Karikatura: Hashar vaqti Krakoziyaga borib qolgan koronavirus



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют