» » Filippin prezidenti Xitoy da’vogarlik qilayotgan orolga mamlakat bayrog‘ini o‘rnatmaydi

Filippin prezidenti Xitoy da’vogarlik qilayotgan orolga mamlakat bayrog‘ini o‘rnatmaydi


Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoy bilan hududiy bahs mavzusiga aylangan orollardan biriga mamlakat bayrog‘ini shaxsan o‘rnatish rejasidan voz kechdi. Bu haqda u Saudiya Arabistonidagi yurtdoshlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Pekinning tegishli iltimosidan so‘ng o‘z niyatidan voz kechgan. “Men Xitoy bilan do‘stligimizni qadrlaganim tufayli u yerga borib bayrog‘imizni o‘rnatmayman”, — dedi Duterte.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u Janubiy Xitoy dengizidagi Pekin Filippin bilan talashayotgan orollarga ham shaxsan tashrif buyurmoqchi emas.

O‘tgan hafta prezident 12-iyun — mamlakat mustaqilligi kunida Manila nazorati ostidagi bahsli Pagas oroliga jo‘nab, u yerda milliy bayroqni o‘rnatish niyati haqida ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют