» » Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari 19-martdan to‘liq yopilib, dezinfeksiya qilinadi

Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari 19-martdan to‘liq yopilib, dezinfeksiya qilinadi


Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari 19-martdan to‘liq yopilib, dezinfeksiya qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari boshqa viloyatlardan kelib, poytaxtda tahsil olayotgan talabalar soni 81 ming nafarni tashkil qiladi. Ayni paytda ularni o‘z ota-onalari bag‘riga qaytarish ishlari davom etmoqda. Talabalar avtobus, poyezd va samolyotlar, yo‘nalishsiz taksilarda jo‘nab ketmoqda.

Avtobuslarda jo‘nab ketish istagini bildirgan talabalarni doimiy yashash hududlariga kuzatish ishlari “Yoshlik” talabalar shaharchasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent temiryo‘l transporti muhandislari instituti hududlarida amalga oshirildi.

15-mart, yakshanba kuni, 25 ming nafardan ortiq, 16-mart, dushanba kuni, yana 37 ming nafardan ortiq, jami 72 ming nafardan ortiq talaba Toshkent shahridan o‘z uylariga jo‘nab ketdi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi OTMlarda 30 ming nafar talaba o‘zlari yashaydigan viloyatlarga jo‘nab ketdi (foto)

17-mart, seshanba kuni, taxminan 6-8 ming nafar talabani o‘z uylariga kuzatish rejalashtirilgan. 18-mart, chorshanba kuni, samolyot va poyezdlarga imtiyozli chiptalarni xarid qilgan 1,5-2 ming nafar talaba jo‘nab ketishi bilan viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalarni kuzatish ishlari yakunlanadi.

Toshkent shahri va hududlardagi OTMlarda tahsil olayotgan va o‘z yurtlariga qaytishga ulgurmagan xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun esa tegishli sharoit yaratib beriladi.

Eslatib o‘tamiz,  koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar 2020-yil 16-martdan karantinga yopildi. Yo‘lovchilarni manzilga yetkazish uchun avtovokzaldan qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют