» » Toshkentning talabalar shaharchasida qanday muammolar bor?

Toshkentning talabalar shaharchasida qanday muammolar bor?


Parlament quyi palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Yoshlik” talabalar shaharchasi faoliyatini o‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xususan, talabalar shaharchasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning ko‘pchiligi turar joyga muhtoj. Shaharchadagi turar joylar 6782 o‘ringa mo‘ljallangani bois, 12098 nafar talaba shu hududdagi mahallalarda ijara asosida yashab kelmoqda.

Bu esa aholi xonadonlarida ijarada yashayotgan talabalarni vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish, talabalarning xonadon egasi bilan ijara shartnomasi tuzishi majburiyligi uchun, aksariyat hollarda turar joyga ehtiyoji bor talabalarning aholi xonadonlari bilan ijara shartnomasi tuzishda qiyinchiliklar vujudga kelib, ro‘yxatga turish bilan bog‘liq turli qoidabuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan shaharcha hududidagi ta’lim muassasalarida turar joyga muhtoj oilali talabalar tahsil olayotgan bo‘lsa-da, ular uchun maxsus turar joylar mavjud emasligi aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib komissiya talabalar shaharchasi hududidagi oliy ta’lim muaasasalarida tahsil olayotgan talabalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyojiga mos ravishda qo‘shimcha turar joy binolarini qurish masalasini ko‘rib chiqish, shaharcha hududidagi ta’lim muassasalarida turar joyga muhtoj oilali talabalar uchun maxsus turar joylar tashkil etish, bo‘sh va qarovsiz bino va inshootlardan samarali foydalanish choralarini ko‘rish taklifini ilgari surdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют