» » “Ipak yo‘li” AITB Niderlandiyaning “FMO” taraqqiyot banki bilan qiymati 15 million AQSh dollariga teng kredit shartnomasini imzoladi

“Ipak yo‘li” AITB Niderlandiyaning “FMO” taraqqiyot banki bilan qiymati 15 million AQSh dollariga teng kredit shartnomasini imzoladi


“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki Niderlandiyaning “FMO” (Financierings-Maatschappij voor Ontwikkelingslanden N. V.) taraqqiyot banki bilan o‘zbek so‘miga ayirboshlash imkoniyatini yaratgan xolda umumiy qiymati 15 million AQSh dollariga teng kredit liniyasi ajratilishi to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Mazkur shartnoma bankga mikro, kichik va o‘rta korxonalarni moliyalashtirish sohasidagi loyihalarni yana-da ortirish va kengaytirish, shuningdek, O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirishga va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish imkonini yaratib beradi.

Ajratilgan kredit mablag‘lari kreditlash imkoniyatini oshirish hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun taqdim etiladi, jumladan:

- kichik korxonalarga;

- qishloq xo‘jaligi korxonalariga;

- tadbirkor ayollarga;

- 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkorlarga.

Shuni ham ta‘kidlash lozimki, ushbu kredit liniyasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, “FMO” banki energiya jihatdan samarador va ekologik toza loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini yaratib beradi.

Yuqoridagi ko‘rsatmalarga quyidagi loyihalarni o‘z ichiga oladi:

- qayta tiklanadigan energiya uskunalarini ishlab chiqarish, sotish va o‘rnatish;

- eski turdagi ishlab chiqarish uskunalarini zamonaviy energiya tejamkor uskunalar bilan almashtirish;

- ko‘mir, dizel yoki benzin iste‘mol qiladigan eski turdagi ishlab chiqarish uskunalarini siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan uskunalarga almashtirish;

- suv iste‘molini optimallashtirish;

- zaharli sanoat xomashyosini ekologik toza va qayta ishlangan mahsulotlarga almashtirish;

- benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan avtotransport vositalarini elektr, gibrid hamda siqilgan tabiiy gaz iste‘mol qiluvchi avtotransport vositalariga almashtirish;

- qishloq xo‘jaligidagi yerlarni ifloslanishni oldini olish, mahalliy chorvachilik zotlaridan foydalanish hamda mahalliy o‘simlik ekinlaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha targ‘ib qilish loyihalari;

- chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish va boshqalar.

Bundan tashqari, shuni ta‘kidlab o‘tish joizki, “Ipak yo‘li” banki 2019-yil avgust oyida “FMO” bankidan qiymati 20 milllion AQSh dollariga teng analogik kredit liniyasini jalb qilgan, va o‘tgan yil oxiriga kelib, ushbu kredit mablag‘lari hisobidan 300 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirish ishlari olib borilgan, qolgan kredit mablag‘lari joriy yilda qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan. “Ipak yo‘li” banki “FMO” banki bilan 2013-yildan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib bormoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют