» » Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda halok bo‘ldi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda halok bo‘ldi


16-mart kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa soat 21:15 lar atrofida “Yuqori-Xo‘jaqiya” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lning 1426-kilometrida sodir bo‘lgan. “Guliston” mahallasida yashovchi R.F. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtoulovi bilan yo‘lni o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan piyoda — B.M. ismli ayolni turtib yuborgan.

Fuqaro B.M. sud-tibbiy ekspertizasining 17-mart kunidagi xulosasiga ko‘ra, “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, 17-mart kuni mazkur holat yuzasidan R.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq poytaxtning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—fevral oylarida 802 ta YTH sodir bo‘lgani, ularning 255 tasi o‘lim bilan yakunlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют