» » “Toshkent—Urganch—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar bekor qilindi

“Toshkent—Urganch—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar bekor qilindi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi respublika ichidagi aviaqatnovlarining jadvalidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20—28-mart kunlari “Toshkent—Urganch—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha HY051/052 qatnovlari bekor qilindi.

HY051 qatnovining yo‘lovchilari shu kunlarda Toshkentdan Urganch shahriga HY011 qatnovi orqali Nukusda oraliq qo‘nish bilan olib boriladi. Toshkentdan ketish vaqti soat 09:00 da, Urganchga kelish vaqti soat 12:10 da.

HY052 qatnovining yo‘lovchilari HY012 qatnovi orqali Toshkentga olib boriladi. Urganchdan ketish soat 12:50 da, Toshkentga kelish soat 14:10 da.

“Toshkent—Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha HY011 qatnovining ketish vaqti o‘zgardi. Toshkentdan ketish — soat 09:00 da, Nukusga kelish — soat 10:40 da.

“Nukus—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha HY012 qatnoviga aviachiptasi bo‘lgan yo‘lovchilar Urganchda oraliq qo‘nish bilan olib boriladi. Nukusdan ketish — soat 11:20 da, Toshkentga kelish — soat 14:10 da.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Avvalroq Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo‘lmasligini bildirgan edi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus sababli zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarda soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют