» » “Ayntraxt” futbolchisida koronavirus aniqlandi. Jamoa karantinga olindi

“Ayntraxt” futbolchisida koronavirus aniqlandi. Jamoa karantinga olindi


Germaniyaning “Ayntraxt” klubi futbolchisi koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Futbolchida holsizlik va kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lgach, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Qon tahlili koronavirusga ijobiy natijani bergan. Barcha jamoa a’zolari va klubning ba’zi xodimlari tekshiruvdan o‘tadi hamda ular 14 kunlik majburiy karantinga yuboriladi”, — deyiladi frankfurtliklar bayonotida.

Virusni yuqtirib olgan futbolchining ismi oshkor qilinmagan.

20-mart holatida Germaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 15 mingdan oshib ketdi. 44 kishi vafot etgan. Avvalroq Bundesliga uchrashuvlari qoldirilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют