» » Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik koronavirusga chalinmagan, balki karantinga joylashtirilgani ma’lum qilindi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik koronavirusga chalinmagan, balki karantinga joylashtirilgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Tegu shahridagi kompaniyalardan birining ikki xodimida 28-fevral kuni koronavirus aniqlangani, tibbiy ko‘rikdan so‘ng kompaniya xodimlarining bir qismi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi ham ehtiyot chorasi sifatida karantinga joylashtirilgani haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, karantinga joylashtirilgan o‘zbekistonlik o‘zini yaxshi his qilmoqda hamda yaqinlarini xavotirga qo‘ymaslik uchun ismini e’lon qilmaslikni so‘ragan.

O‘zbekistonlik fuqaro joylashtirilgan tibbiy muassasa bergan ma’lumotga ko‘ra, hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga kasalxonadan javob berilish mumkin.

Avvalroq Janubiy Koreyadagi koronavirusga chalingan xorijliklar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni o‘n bir kishiga yetdi. 15-mart kuni bir muddat avval Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham virus aniqlangani ma’lum qilingan edi. Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus qayd etilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus belgilarini gripp va shamollashdan qanday farqlash mumkin?

Bundan tashqari, 14-mart kuni Uzbekistan Airways’ning London—Toshkent reysida kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan. 15-mart kuni soat 05:15 da Uzbekistan Airways’ning Istanbul—Toshkent reysida kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus qayd etilgan. Koronavirusga chalingan olti bemorning ahvoli hozircha qoniqarli ekani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют