» » Parijda Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen shtab-kvartirasiga o‘t qo‘yildi

Parijda Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen shtab-kvartirasiga o‘t qo‘yildi


Fransiya prezidentligiga nomzod, “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Penning shtab-kvartirasi joylashgan binoda 13-aprel, payshanbaga o‘tar kechasi yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

Alangalanish o‘chog‘i Parijda, Fobur San-Onore ko‘chasidagi binoning Le Pen shtab-kvartirasi joylashgan birinchi qavatida bo‘lgani bildirilmoqda.

Hodisa joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar yetib keldi va yong‘in avj olishini bartaraf etdi. 

Politsiyadagi manbalarga ko‘ra, alangalanishning dastlabki sababi qasddan o‘t qo‘yishdir. AFP agentligiga ko‘ra, buning uchun javobgarlikni “Ksenofobiyaga qarshi kurash” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (13-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют