» » Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori: “Operatsiya uchun ham xorijga chiqishning hozircha iloji yo‘q”

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori: “Operatsiya uchun ham xorijga chiqishning hozircha iloji yo‘q”


AOKA qoshida koronavirusga qarshi maxsus tashkillashtirilgan shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov aholidan tushgan savollarga javob berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qilgan.

Almatov jumladan biror bemorning chet elda operatsiya qilinishi zarur bo‘lsa (boshqa chora yo‘q bo‘lsa), operatsiya uchun chetga chiqish mumkinmi va bu qay tartibda amalga oshirilishi haqida berilgan savolga javob qaytardi.

“Xabaringiz bor, bugungi kunda xalqaro aviareyslar to‘xtatilgan. Boshqa davlatlar ham kasallik qayd etilgani munosabati bilan cheklovlar o‘rnatgan. Alohida kelishuvlar bo‘lmasa, kasallarni qabul qilish masalasi muammoga aylangan.

Shuning uchun biz davolanish uchun chet elga chiqishni tavsiya etmaymiz. Respublikadagi yetakchi shifoxonalar barcha zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlangan, mutaxassislarimiz yetarli bilim va malakaga ega”, – deya ta’kidlagan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Mavzuga doir: 

22-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan soni 43 nafarni tashkil etmoqda. Hukumat 65 yoshdan oshganlarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan, jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan, 25-martdan boshlab niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi, O‘zbekistonda tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga ham qat’iy choralar ko‘rilishi belgilangan. Toshkentdagi barcha korxona va muassasalarga ishchilarni ta’tilga chiqarish haqida topshiriq berilgan va ish masofadan turib tashkil etilishi mumkin. Aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar, turli taomlarni yetkazib berish xizmatlari faoliyati to‘xtatilmasligi xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют