» » Ukrainadagi ombordan deyarli yurmagan “Zaporojets” topildi (foto)

Ukrainadagi ombordan deyarli yurmagan “Zaporojets” topildi (foto)


Ukrainaning Xerson viloyatida joylashgan omborlarning biridan deyarli yurmagan “ZAZ-968M” topildi. Odometrga ko‘ra, mashina 71 kilometr masofa bosgan. Qariyb 30 yil davomida harakatsiz turgan avtomobilning kuzovi zavodda moylanganidan buyon shundoqligicha saqlangan, deb xabar beradi Motor.

“Vaqt kapsulasi”ga oid suratlar va videolar bilan bloger Roma Uracco bo‘lishgan. “Zaporojets”ning ushbu modeli MD indeksli nogironligi bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan. Bu kabi mashinalar asosan Ikkinchi jahon urushi faxriylariga ijtimoiy ta’minot organlari orqali berilgan. Zaporojyedagi zavod shu turdagi to‘rtta modifikatsiyani taqdim etgan: mazkur nusxa bir oyog‘i jarohatlangan insonlar uchun mo‘ljallangan.

Avtomobilning faqatgina bitta tepkisi mavjud bo‘lib, u mufta vazifasini bajaradi. Tormoz esa G-simon rijag yordamida amalga oshiriladi.

Motor bo‘lmasiga esa 1,2 litrli to‘rt silindrli V-simon 968M dvigateli o‘rnatilgan. Og‘irligi 840 kilogrammga teng avtomobil 32 soniya ichida 100 kilometr tezlikka chiqa oladi. Maksimal tezligini esa 118 km/soatgacha yetkazishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют