» » Saudiya Arabistonida koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi


Saudiya Arabistonining Madina shahrida koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining Twitter’dagi sahifasiga asoslanib, Saudi Gazetta nashri xabar qilgan.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan bemor kelib chiqishi afg‘onistonlik fuqaro.

Uning aytishicha, qirollikda 24-mart holati bo‘yicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 676 nafarga yetgan.

Avval Saudiya Arabistoni qiroli koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qirollikda soat 19:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati e’lon qilinishi haqidagi farmonni imzolagandi. Ushbu vaqt davomida barcha joylarda xavfsizlik xizmati xodimlari navbatchilik qiladi, fuqarolarga faqat zarurat bo‘lgan taqdirdagina uylaridan chiqishga ruxsat etiladi.

Saudiya Arabistonidagi Al-Harom va Nabaviy Masjidida ham jamoat namozlari o‘qilishi to‘xtatilgandi, avvalroq mamlakatda jamoat namozlari o‘qilishi vaqtincha to‘xtatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют