» » Qirg‘izistonning yirik shaharlar aholisiga kechki 8 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlandi

Qirg‘izistonning yirik shaharlar aholisiga kechki 8 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlandi


Qizg‘iziston hukumati poytaxt va yirik shaharlarda kommendantlik soati joriy etdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalgani tufayli 25-martdan boshlab mamlakat poytaxti Bishkek va yirik shaharlar bo‘lmish O‘sh va Jalolobodda, shuningdek, uning atrofidagi tumanlarda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Famonga ko‘ra, barcha shaharlar aholisiga:

Qayd etilishicha, kommendantlik soatida ko‘chada mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 07:00 gacha bo‘lish taqiqlanadi. Jamoat transporti 07:00 dan 19:00 gacha ishlaydi. Chetdan kelganlar esa poytaxtni yarim tungacha tark etishi lozim bo‘ladi. Komendantlik soatiga rioya qilmaganlar, harbiy xizmatchilar va militsiya xodimlariga bo‘ysunmaganlar javobgarlikka tortiladi.

24-mart holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda COVID-19 bilan kasallanishning 42 ta holati aniqlangan.

Avvalroq Qirg‘izistonda un va makaronlarning olib chiqib ketilishi taqiqlangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют