» » Greta Tunberg Yevropaga sayohatdan keyin koronavirus bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda

Greta Tunberg Yevropaga sayohatdan keyin koronavirus bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda


Shvetsiyalik ekologiya faoli Greta Tunberg Yevropa bo‘ylab qilgan sayohatidan keyin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab ikki hafta o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgani haqida gapirib berdi. U bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasida post yozgan.

Gretaning so‘zlariga ko‘ra, u onasi va singlisidan uzoqda, o‘zi ijaraga olgan kvartirasida karantinda o‘tiribdi.

“Taxminan o‘n kun avval koronavirusning yangi alomatlarini seza boshladim, men bilan Bryusselda birga sayohat qilgan otamda ham kasallik belgilari namoyon bo‘lgan”, — deya yozgan Tunberg.

U charchoq his etgani, titroq, tomoq og‘rig‘i kuzatilgani, shuningdek, yo‘tal kuzatilganini qayd etgan. Ekologiya faoli otasida ham shunga o‘xshash kasallik belgilari kuzatilgani, hatto kuchliroq ta’sirlar bo‘lganini ham ta’kidlagan, ya’ni isitma ham ko‘tarilganini bildirgan.

Tunbergning aytishicha, Shvetsiyada tibbiyot yordamiga muhtoj fuqarolarning koronavirusga qon tahlili topshirishining imkoni yo‘q va hukumat o‘zini yomon his etayotgan barcha fuqarolarga uyda o‘tirish, o‘z-o‘zini ijtimoiy izolyatsiya qilishni tavsiya qilmoqda.

“Shu sababli men COVID-19 ga tahlil topshirmadim, lekin katta ehtimol bilan menda kasallik belgilariga o‘xshash alomatlar kuzatilgan”, — deydi Tunberg.

BMT minbaridan turib dunyo davlatlarining rahbarlarini tanqid qilgan Greta koronavirus infeksiyasining belgilari yoshlarda zaifroq kechishi, ba’zan uzoq vaqt yashirin davrda bo‘lishini ta’kidlagan. Tabiat himoyachisi yoshlarning virus xavfini sezmasdan boshqalarga ham koronavirus yuqtirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Mavzuga doir: 

Jons Xopkins universiteti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 ming nafardan oshgan. Xitoydan tashqari eng ko‘p yuqtirib olish holati Italiyada kuzatilgan — 69 ming kishi, o‘limlar soni bo‘yicha ham ushbu davlat yetakchilik qilmoqda — 6,8 ming nafardan ko‘proq kishi. AQShda 49,7 ming nafar odamda koronavirus aniqlangan, 600 nafar kishi COVID-19 keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют