» » AQShlik juftlik koronavirus karantini tufayli videokonferensiya orqali to‘y o‘tkazdi

AQShlik juftlik koronavirus karantini tufayli videokonferensiya orqali to‘y o‘tkazdi


AQShda yashovchi Jeff va Kristi ismli juftlik koronavirus karantini tufayli to‘ylarini Zoom dasturi orqali o‘tkazdi, deb xabar berdi Quartz.

Jeff va Kristi to‘ylarini Islandiyadagi orolda o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli AQSh va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi barcha reyslar bekor qilindi. Odamlarga ko‘chaga chiqish va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi.

Jeff va Kristining qarindoshlari va do‘stlari ular to‘ylarini qoldirganiga ishonch hosil qilgan edi. Birozdan so‘ng juftlikdan “Biz bugun to‘yimizni o‘tkazmoqchimiz, agar imkoningiz bo‘lsa, videokonferensiya orqali bizga qo‘shiling”, degan mazmundagi xat keldi.

Shunday qilib juftlikning barcha qarindoshlari, do‘stlari va hamkasblari Zoom dasturida to‘plandi.

Translyatsiya boshlanayotganida hamma mehmonlarga qo‘llarni yuvish va ichimlik ichish tavsiya etildi. So‘ngra kelin-kuyov libosidagi juftlik bir umrga bir-birini sevishga ont ichdi.

“Biz xotinim bilan hozirgi real hayotimizni eslatadigan ekranga qarab yig‘ladik. Biz do‘stlarning baxtidan inson xursand bo‘lib yig‘lagani kabi yig‘ladik”, — deydi ushbu virtual to‘y mehmonlaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 400 mingdan oshib ketdi.

Mavzuga doir: 

Dunyo aholisi karantinda qay tarzda vaqtichog‘lik qilmoqda? (videolar)

“Maska yo‘q”, karantindagi to‘y, “uyda qoling” aksiyasi. 20-mart suratlari

Fransiyada izolyatsiyada bo‘lgan erkak o‘z uyining balkonida marafon yugurishni amalga oshirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют