» » Toshkent viloyatida niqobsiz yurgan 29 yoshli fuqaro jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida niqobsiz yurgan 29 yoshli fuqaro jarimaga tortildi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi 29 yoshli S.M. 29-mart kuni jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganligi aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-1-moddasiga (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish) ko‘ra javobgarlikka tortildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2020-yil 26-martda imzolangan qonunga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu kodeksning 54-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (27-mart holatiga ko‘ra, 1 115 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 12 484 ta holat aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют