» » Italiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar kamaya boshladi

Italiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar kamaya boshladi


Italiya Fuqarolik mudofaasi xizmati rahbari Anjelo Borrelli mamlakatda koronavirus bilan yangi kasallanganlar soni bo‘yicha rekord darajadagi past ko‘rsatkich qayd etilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

O‘tgan bir sutka ichida Italiyada koronavirus oqibatida 812 kishi vafot etgan. Shunday qilib butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 11 591 kishiga yetdi, kasallar soni esa 100 ming kishidan oshdi.

“Bugungi kunda 75 528 nafar italiyalikda koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning soni o‘tgan bir sutka ichida 1648 kishiga ko‘paydi”, — deydi Borrelli.

So‘nggi 13 kundan buyon COVID-19 bilan kasallanganlar soni kuniga 3 ming kishidan kamaymayotgan edi. Oxirgi marta 10-mart kuni bu kabi past ko‘rsatkich qayd etilgandi.

“Davolanganlar soni 1590 kishiga oshib, 14 620 kishiga yetdi. Bu epidemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich”, — deydi Borrelli.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz 27-mart kuni Italiyada koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 969 bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют