» » Qo‘qonda koronavirusga chalinganlar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda koronavirusga chalinganlar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


28-mart kuni Qo‘qon shahri A.Xo‘qandiy mavzesida yashovchi fuqaro Respublika maxsus komissiyasining karantin to‘g‘risidagi qoidalarini buzib, Telegram orqali Qo‘qonda ikki kishida koronavirus aniqlangani haqida yolg‘on xabar tarqatgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

1979-yilda tug‘ilgan, xususiy korxona rahbari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati X.N. Qo‘qon shahridagi 2 kishida koronavirus kasalligi aniqlangani va ular karantinga olingani haqida jonli tarzda audioyozuv orqali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 31-mart kuni kuni X.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Samarqandda qo‘shnisini koronavirusdan “o‘ldi”ga chiqarib, yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro bir oyga qamalgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qashqadaryoda ham koronavirus haqida asossiz xabar tarqatgan shaxs 10 kunga qamalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar endi jinoiy javobgarlikka tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют