» » BAAda koronavirus bilan kasallangan yana 150 kishi aniqlandi

BAAda koronavirus bilan kasallangan yana 150 kishi aniqlandi


Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 150 ta holat qayd etildi. Mamlakatda virus yuqtirib olganlar 814 kishiga yetgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi 1-aprel holatiga ko‘ra, BAAda yana 150 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Kasallarning umumiy soni 814 kishiga yetdi”, — deyiladi xabarda.

Idoraning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus oqibatida yana ikki kishi vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon BAAda jami sakkiz kishi vafot etdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 947 ming kishidan, vafot etganlar 47 ming kishidan oshgan. Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan tuzalganlar sonini e’lon qilishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirlarida BAA O‘zbekistonga ijtimoiy yordam jo‘natgan edi. BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi kurashish uchun jahon YaIMining 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi. Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qilmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 187 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют