» » Farg‘onada maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan 171 nafar haydovchi javobgarlikka tortildi

Farg‘onada maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan 171 nafar haydovchi javobgarlikka tortildi


Farg‘ona shahrida bir kunda 171 nafar fuqaro shaxsiy avtomobilida maxsus ruxsatnomasiz harakatlangani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB ma’lumotiga tayanib, “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur holat joriy yilning 31-mart kuni o‘tkazilgan tadbirda aniqlangan. Qayd etilishicha, ushbu haydovchilar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) hamda yo‘l harakati qoidalarining tegishli bandlariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Avtomashinalar esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yildi.  Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi.

Avtomashinasini tegishli tartibda olingan ruxsatnomasiz boshqargan haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют