» » Buxoroda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning 836 nafari karantin davrini o‘tab, uyiga qaytdi

Buxoroda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning 836 nafari karantin davrini o‘tab, uyiga qaytdi


Buxoro viloyatida 836 nafar fuqaro karantin davrini o‘tab, oilasi bag‘riga qaytdi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro hokimligida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi oldini olish bo‘yicha tuzilgan shtab mas’ullari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, xorijdan qaytgan 1917 nafar fuqaro viloyatdagi mavjud 15 dan ortiq karantin zonalariga joylashtirilgan. Ularning 836 nafari 14 kunlik karantin muddatini o‘tab bo‘lgan. Ularda kasallik chiqmagani bois, uyiga qaytarilgan. 6153 nafar fuqaro esa uy karantinida saqlanmoqda.

Buxoro Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati rahbari Dilnoza Komilovaga ko‘ra, joriy yilning 24-martiga qadar viloyatdagi jami 360 ta mehmonxonada yashab kelgan 95 nafar xorijlik sayyoh 25-mart kunidan boshlab, yurtiga qaytgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, “Tehron—Namangan” reysi orqali joriy yilning 16-mart kuni Namangan xalqaro aeroportiga uchib kelgan 15 nafar buxorolik ikki hafta Namangandagi shifoxonalardan birida karantinda saqlangan. 31-mart kuni esa ular ham Buxoroga qaytgan.

Mavzuga doir: Samarqandda 35 fuqaro ikki haftalik karantindan chiqdi. Ular endi uy sharoitida nazorat qilinadi

Avvalroq maxsus aviareys bilan 18-mart kuni Misrdan Navoiy shahriga olib kelingan 181 nafar O‘zbekiston fuqarosi 2-aprel kuni karantin muddatini tugatgani va o‘z uylariga kuzatilgani haqda xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют