» » Eng kam masofa bosgan Lamborghini Miura SV sotuvga qo‘yildi (foto)

Eng kam masofa bosgan Lamborghini Miura SV sotuvga qo‘yildi (foto)


Britaniyadagi Joe Macari Preformance Cars London avtomobillar kolleksiyasi dileri 5794 kilometr masofa bosgan Lamborghini Miura SV’ni sotuvga qo‘ydi. O‘z modellari orasida eng kam masofa bosgan ushbu kupe 2 594 500 funt sterlingga (3,2 million dollar) baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Avtomobilning bu qadar qimmatligiga sabab P400SV — Miura’ning eng mashhur va qimmatbaho versiyasi hisoblanishida. Ushbu modifikatsiya 1971-yilda P400S konveyrining o‘rnini egallagan bo‘lib, 385 ot kuchiga ega V12 dvigateli, to‘rtta Weber korbyuratori, uzatmalar qutisini sovutuvchi alohida kontur va tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Kupe soatiga 100 kilometr tezlikka 6 soniyadan kamroq vaqt ichida chiqadi. Maksimal tezligi esa 290 km/soatga teng.

Lamborghini P400SV’ning ushbu nusxasi 1972-yilda ishlab chiqarilgan va Saudiya Arabistoni podshohlik oilasiga topshirilgan. 2000-yillarning boshida Saudiyaga tegishli omborlardan biri inspeksiya tomonidan tekshirilganida mashina karton quti ichidan chiqqan va 2005-yilda AQShga sotib yuborilgan.

Mavzuga doir: Noyob Porsche 911 GT2 million dollarga sotuvga qo‘yildi

Miura restavratsiyadan so‘ng Metallic Grey rangiga ega bo‘lgan. Bir necha bor egasini almashtirgan kupe hozirda Buyuk Britaniyada.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют