» » O‘zbekiston Prezidenti Samarqanddagi suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalarini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Prezidenti Samarqanddagi suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalarini ko‘zdan kechirdi


O‘zbekiston Prezidenti Samarqand viloyatida suv resurslaridan unumli foydalanish, suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalarini ko‘zdan kechirdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Viloyatda so‘nggi yillarda bir necha yirik suv inshootlari qurildi. Urgut tumanida “Kamangaron”, Qo‘shrabot tumanida “Oqchobsoy” suv omborlari, Nurobod tumanida “Omondara” suv to‘g‘onining barpo etilishi xududlarda suv resurslarini boshqarishda samaradorlikni yanada oshirdi, minglab gektar maydonlarda suv tanqisligining oldini oldi.

Kelgusi uch yilda viloyatda 55 nasos stansiyasini to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan. Natijada 60 ming 619 gektar maydonda suv ta’minoti yaxshilanadi, har yili 29,9 million kVt soat elektr energiyasi hamda 720 million so‘m ekspluatatsiya xarajatlari iqtisod qilinib, 6,4 milliard so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.

Loyiha xarajatlari 6—7 yilda to‘liq qoplanadi.

Suvni samarali ishlatish mintaqamizdagi dolzarb masalalardan biri. Shu bois ushbu resursdan foydalanishni ilg‘or talablar asosida tashkil etish lozim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Nasos stansiyalari va kanallarni sifatli ta’mirlash, bunda energiya tejovchi, jahon standartlariga javob beruvchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют