» » Dunyo koronavirus tufayli yana bir muammoga duch keldi

Dunyo koronavirus tufayli yana bir muammoga duch keldi


Butun dunyoda turli mamlakatlarning aholisi va hukumati COVID-19 koronavirusi sabab yana bir muammoga duch keldi, deb yozmoqda Bloomberg.

Bu norasmiy ishlovchilar sektori muammosi — butun dunyodagi YaIMning qariyb chorak qismi ularning daromadiga to‘g‘ri keladi.

Hukumatlar koronavirusdan talafot ko‘rgan sohalar, korxonalarga ko‘mak berish dasturlarini ishlab chiqmoqda, xususan, ishlab chiqarishni to‘xtatgan va xodimlar sonini qisqartirgan muassasalarga yordam berishga urinmoqda. Biroq bu kabi dasturlar xufiyona iqtisodiyotga va unda band bo‘lgan odamlarga taalluqli emas.

Norasmiy ishlayotganlarning ko‘pchiligi davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan va ijtimoiy yordamdan foydalana olmaydi. Mehnat resurslariga talabning kamayishi, karantin e’lon qilingani tufayli o‘z faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Ular masofadan turib ishlash rejimiga o‘ta olmaydi.

2015-yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi global xufiyona iqtisodiyotning rasmiy YaIMdagi ulushi 31,9 foiz deb baholagandi. 2019-yilda xufiyona iqtisodiyotning ulushi 30 trillion dollarni tashkil etdi.

G20 davlatlarining moliya vazirlari, markaziy banklari rahbarlarining fikricha, vaziyatni hal etishda rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzdorligini zaiflashtirish, davlat va korporativ qarzni kamaytirish samara berishi mumkin. Kreditorlarga hozirda to‘lanayotgan mablag‘lar muammolar yechimiga, jumladan, notenglikni bartaraf qilishga hamda kam taminlangan oilalarga yordam berishga sarflanadi.

Ayrim davlatlarning hukumatlari bu kabi qarorlarni mustaqil qabul qilmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektori manfaatlarini notijorat tashkilotlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Janubiy Afrika Respublikasida xufiyona iqtisodiyotda band bo‘lgan aholiga grantlar ajratilmoqda. Ushbu mablag‘ evaziga fuqarolar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilib, daromadining muayyan qismini yo‘qotishdan saqlab qoladi.

Mavzuga doir: 

3-aprel holatiga ko‘ra dunyoda COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha milliondan ortiq holat kuzatildi. 212 ming nafar odam kasallikdan tuzalgan, 53 ming nafar kishi infeksiya keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют