» » JSST koronavirusning havo orqali yuqish imkoniyatiga baho berdi

JSST koronavirusning havo orqali yuqish imkoniyatiga baho berdi


COVID-19 koronavirusi jonsiz buyumlardan ham yuqishi mumkin, lekin asosan odamdan odamga havo tomchi yo‘li orqali o‘tmoqda. Bu haqda Jenevada o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sohadagi favqulodda holatlar bo‘yicha dasturlar direktori Maykl Rayan ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Ayni vaqtda virusning jonsiz buyumlardan ham odamga yuqishi mumkinligi haqida juda ko‘p maqolalar chop etilmoqda. Singapurda koronavirus yuqtirib olishning 6 foizi vafot etgan odamlardan o‘tgani aytilgandi. Bu borada olimlar bilan bahslashmoqchi emasman, biroq boshqa tomondan olib qaraganda 94 foiz holatlarda infeksiya odamdan odamga yuqadi. Shuning uchun epidemiya qo‘zg‘atuvchisi qanday ekaniga e’tibor qaratish lozim. Virusning kasallik alomati bo‘lmagan insonlardan boshqa kishilarga yuqish holatlarining ehtimoli har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ushbu holatda biz pandemiya qo‘zg‘atuvchisi aksa urish yoki yo‘tal, shuningdek, beixtiyor atrof-muhitga virus tushirish deb hisoblaymiz”, – degan u.

Rayanning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda JSST ekspertlar guruhi sog‘lom odamlar tomonidan niqoblardan foydalanishning samarasiga baho bermoqda. Biroq shifokorlar va tibbiyot xodimlarining jarrohlik hamda maxsus niqoblarda bo‘lishi COVID-19’ga qarshi kurashning asosiy jihati bo‘lib qoladi.

Mavzuga doir: JSSTning rasmiy vakili tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilolmasligini aytdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qildi. 3-aprel holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni milliondan oshib ketgan, 50 ming nafardan ko‘proq kishi infeksiya oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют