» » DXX Afg‘onistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘nlab vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytargani ma’lum qilindi

DXX Afg‘onistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘nlab vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytargani ma’lum qilindi


Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari 2019-yilda chet ellardagi qaynoq nuqtalarda og‘ir sharoitda qolib ketgan vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarishda faol ishtirok etdi. Bu haqda DXX vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, amalga oshirilgan “Mehr 1” va “Mehr 2” gumanitar operatsiyalari doirasida Yaqin Sharq davlatlarida og‘ir sharoitda qolayotgan ayollar va bolalarni O‘zbekistonga olib kelishda xizmat xodimlari faollik ko‘rsatgan.

“Shuningdek, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan yot g‘oyalar ta’sirida Afg‘onistonda qiyin holatga tushib qolgan o‘nlab o‘zbekistonliklar o‘z yaqinlari bag‘riga qaytarilgan”, — deyiladi xizmat axborotida. Aynan necha kishi va qachon qaytarilganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, 5-aprel O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlanadi.

Mavzuga doir: DXX O‘zbekiston hududidagi ikki teraktning oldini olgani ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil may oyida “Mehr 1” operatsiyasi doirasida Suriyadan 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar, 2019-yil oktabrida esa “Mehr 2” operatsiyasi doirasida Iroqdan 64 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan edi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi qurolli mojaralar hududidan vatandoshlarni qaytarish operatsiyalari haqida to‘xtalar ekan, bir davlat Suriyadan qaytayotgan O‘zbekiston samolyotini urib tushirish bilan tahdid qilganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: Video: O‘zbekistonliklarni Suriyadan qaytarish bo‘yicha “Mehr” operatsiyasi haqida film



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 11:26)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют