» » Dibalada yana koronavirus aniqlandi

Dibalada yana koronavirus aniqlandi


“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala va uning sevgan qizi Oriana Sabatini hali hanuz koronavirusdan xalos bo‘la olmadi.

21-mart kuni Dibala va Oriana koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgandi. Bir necha kun avval juftlikning qon tahlili virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Biroq uchinchi tahlil natijalari yana koronavirusga ijobiy natija bergan.

“21-mart kuni birinchi testdan o‘tdik va u ijobiy natijani berdi. Uch kun avval biz yana tahlil topshirdik, u infeksiya yo‘qolganini ko‘rsatdi. Uchinchi ko‘rikdan ham o‘tdik — yana qoniqarli. Bizda hali hanuz koronavirus bor. Bu qanday ishlashini va tahlillar nima sababdan turlicha chiqqanini bilmayman”, — deydi Oriana.

Dibaladan tashqari “Yuventus”ning yana ikki nafar futbolchisi — Blez Matyuidi va Daniele Ruganida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 124 mingdan ortdi. 15 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют