» » Temurxo‘ja Abduxoliqovdan dubl. U Qatardagi mavsumni jamoasining to‘purari sifatida yakunladi

Temurxo‘ja Abduxoliqovdan dubl. U Qatardagi mavsumni jamoasining to‘purari sifatida yakunladi


O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatar Yulduzlar ligasida to‘p suradigan a’zosi Temurxo‘ja Abduxoliqov chempionatning so‘nggi turida dubl qayd etdi.

U to‘p suradigan “As-Sayliya” klubi o‘z maydonida “Al-Vakra” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Abduxoliqov o‘yinda hisobni ochdi, keyinroq esa so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Temurxo‘ja bilan birga to‘p suradigan o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi Sanjar Shoahmedov ikkinchi bo‘limga kelib maydonga chiqarildi.

????? : ??? ??????? ????? ??? ?????? ??? ????????? ?24 #????_????_??? #???????_?????? pic.twitter.com/1WWHOdyqVY

— ???? ????? (@alkasschannel) April 14, 2017

????? : ??? ??????? 3 – 1 ?????? ??? ????????? ?85 #????_????_??? #???????_?????? pic.twitter.com/ms3KQSr99m

— ???? ????? (@alkasschannel) April 14, 2017

Chempionatning ikkinchi davrasidan e’tiboran “As-Sayliya” safiga qo‘shilgan Temurxo‘ja Abduxoliqov 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu klubning 24 ta o‘yinda ishtirok etgan futbolchisi Muhammad Muttazir hisobida ham shuncha gol bor.

Ma’lumot uchun, Temurxo‘ja Abduxoliqov bunga qadar Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p surgan bo‘lib, mavsumni O‘zbekiston to‘purari sifatida yakunlashga erishgandi. Uning jamoadoshi Sanjar Shoahmedov ham 10 ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblar darvozasiga 2 ta gol urishga erishdi.

Bugun — 15-aprel kuni Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov harakat qiladigan klublar chempionatdagi so‘nggi turlarda maydonga tushadi.

Qatar Yulduzlar ligasi
26-tur o‘yinlari
14-aprel, juma

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 24 (1:0). Ahmed Fadel, 38 (1:1). Muhammad Muttazir, 63 (2:1). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 85 (3:1).

15-aprel, shanba
“Al-Haraytiyat” — “Al-Garafa”
“As-Sadd” — “Al-Jaish”

Опубликовано: admin (15-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют