» » Toshkent viloyati IIBB karantin vaqtida yo‘llarga qo‘yilgan radarlar yuzasidan e’tirozlarga munosabat bildirdi

Toshkent viloyati IIBB karantin vaqtida yo‘llarga qo‘yilgan radarlar yuzasidan e’tirozlarga munosabat bildirdi


Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardan birida tarqalgan “O‘zbekistonda karantin bo‘lsa-yu bular radar qo‘yib o‘tiribdi. Shu ham insofdanmi?” deya yozgan e’tirozi bo‘yicha tushuntirish berdi.

Toshkent viloyati IIBB YHXBga ko‘ra, 5-aprel kuni viloyat hududida 2000 dan ortiq tezlik talablarini buzgan haydovchilar aniqlangan. Besh kun ichida YPX inspektorlari tomonidan Toshkent viloyati hududida transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargan 258 ta haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

9 ta haydovchi inspektorlarning to‘xtash haqidagi qonuniy talabini bajarmaganligi uchun; 8 ta haydovchi tegishli ruxsatnoma olmasdan oynalarining tusini o‘zgartirgani uchun javobgarlikka tortilgan.

Karantin davrida transport vositasini mast holda boshqarib yurgan 12 nafar haydovchi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

“Birinchi navbatda ‘Yo‘l harakati qoidalari’ga hamma birdek amal qilishni o‘rganishi lozim. Ikkinchidan, karantin e’lon qilindimi, bas, uning talablariga og‘ishmay amal qiling. Sababi bu hazillashadigan ish emas. U butun dunyoni tashvishga solmoqda. Qonunlarimiz ham, muqaddas dinimiz ham kasallik davrida uyda o‘tirishni tavsiya, aniqrog‘i talab qilayapti.

O‘zini, oila a’zolarini va o‘zgalarni hurmat qiladigan insonlar bu talablarni bajarishlari shart. Ularga amal qilish esa eng avvalo salomatligingizga putur yetishidan asraydi. Qolaversa, qoidabuzarlik sodir etib jarimaga tortilishdan muhofazalaydi. Qay biri afzal ekanligini ta’kidlash shart bo‘lmasa kerak. Qanday xulosa qilish esa o‘zingizga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, ‘biz aytdik, siz xulosa qiling’, – deyiladi Toshkent viloyati IIBB YHXB xabarida.

Mavzuga doir: 

Avval Toshkentda guruh bo‘lib harakatlangan “migalka”li Lacetti, Captiva, Spark haydovchilari qamoqqa olinishi mumkinligi, poytaxtda “stiker”siz yurgan 152 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgani xabar qilingan. O‘zbekistonda ruxsatnomasiz harakatlanayotgan avtomobillar karantin oxirigacha jarima maydonchasiga joylashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют