» » O‘zLiDeP koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

O‘zLiDeP koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha o‘zbekistonliklarga murojaat qildi


Aziz yurtdoshlar!

Shu kunlarda nafaqat biz, balki butun jahon murakkab sinovni boshidan kechirmoqda.

Bu xastalikdan eson-omon qutilish uchun, karantin qoidalariga to‘liq rioya qilish, sabr-bardoshli, intizomli bo‘lish shart.

Prezidentimizning uchinchi marotaba videoselektor orqali xalqimizga qilgan murojaatini yurt ertasi haqida qayg‘urish, har bir inson, ayniqsa har bir o‘g‘il-qiz uchun g‘amxo‘rlik ekanligini har birimiz chuqur va teran his etaylik. Ushbu davlatga hammamiz yanada jipslashib, sabr-matonat, yuksak tafakkur, qat’iy intizom va ulkan mas’uliyat bilan javob beraylik.

Partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkor, fermer va ishbilarmonlarni bunday sinovli kunlarda hech qanday sarosima yoki tashvishga tushishga hech qanday asos yo‘qligini ta’kidlamoqchimiz.

Davlatimiz rahbarining hech bir tadbirkorni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz, degan va’dasi bizga yuksak ishonch bag‘ishlaydi. Shuni unutmaslik kerakki, davlatimiz hech bir fuqaroni, tadbirkorni o‘z muammosi bilan yolg‘iz qoldirmaydi.

Dehqonchilik yumushlari qizg‘in pallaga kirgan bugungi g‘animat kunlarda fermer va tomorqachilarimizga ruhni tetik tutib, tushkunlikka tushmasdan, ayniqsa, kerakli tibbiy qoidalarga qat’iy amal qilgan holda qishloq xo‘jaligi ishlarini izchil davom ettirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zolari, joylardagi mahalliy kengash deputatlarimiz tadbirkorlar, fermerlarimizni qo‘llab-quvvatlagan holda berilgan imtiyozlar, imkoniyatlarni to‘liq tushuntirish, targ‘ibot olib borishga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi.

Aziz yurtdoshlarimiz, qadrli saylovchilarimizni karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga, zaruratsiz ko‘chaga chiqmasdan uyda o‘tirib, oilasi va yaqinlarining salomatligi haqida qayg‘urishga chaqiramiz. Ish joyida bo‘lishga majbur vatandoshlarimizdan ham qat’iy intizomni saqlagan holda, gigiyena va sanitariya me’yorlariga amal qilish talab etiladi.

Sizdan imkon qadar karantin davrida uydan chiqmasdan yaqinlarimiz yonida bo‘lishingizni so‘raymiz. Davlat rahbari tomonidan imzolangan farmonlar, qarorlar, aniq belgilanayotgan chora-tadbirlarga amal qilgan holda, koronavirusni ortiqcha talafotlarsiz yengib o‘tish har birimizga bog‘liq ekanligini aslo unutmang.

El salomatligi yo‘lida qilinayotgan har bir ishni qadriga yetaylik. Uyda qolib, boshimizga tushgan sinovli kunlardan eson-omon o‘tishni, o‘z halovatidan kechib mehnat qilayotgan hukumatimiz va shifokorlarga madad bo‘laylik.

Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют