» » O‘zbekistonda stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berildi

O‘zbekistonda stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berildi


Davlat xizmatlari agentligi karantin vaqtida avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar berish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 8-aprel holatiga ko‘ra, 195 mingga yaqin ariza kelib tushgan bo‘lib, shulardan 175 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqilgan. Natijada 33 mingdan ziyod ariza qanoatlantirilgan, 142,5 mingga yaqin so‘rov belgilangan talablarga javob bermagani uchun rad etilgan.

Eng ko‘p ariza Toshkent shahridan – 71 mingdan ortiq. Toshkent viloyatida 17 mingga yaqin, Farg‘onada 16 mingdan ortiq, Samarqandda 14 mingdan ziyod haydovchi maxsus ruxsatnoma olish uchun so‘rov kiritgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi

Ta’kidlanishicha, shu paytgacha DXMlar tomonidan Sirdaryo viloyatida bor-yo‘g‘i 125 ta, Jizzax viloyatida 313 ta stiker berilgan.

Avvalroq Adliya vazirligi stikerni qalbakilashtirganlik uchun qonunchilikda jazo choralari ko‘zda tutilganligini eslatib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют