» » Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan o‘nlab insonlarda yana COVID-19 aniqlandi

Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan o‘nlab insonlarda yana COVID-19 aniqlandi


Janubiy Koreya hukumati koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan 91 kishining testi ularning organizmida yana virus borligini ko‘rsatganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi direktori Chon In Kyonga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi holatlar ko‘payib bormoqda. Joriy haftaning boshida bunday bemorlar soni 50 kishini tashkil etgan edi. Chon In Kyonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu insonlar qaytadan kasallikni yuqtirib olmagan, balki virus qayta faollashgan.

Ayni vaqtga kelib Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kasallanganlar 10 450 tani tashkil etmoqda, 208 kishi vafot etgan.

Avvalroq Janubiy Koreyada kasallanish holatlari kamayayotgani haqida xabar berilgan edi. 10-aprel kuni mamlakatda 27 kishida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: AQSh Janubiy Koreyaning Eronga gumanitar yordam jo‘natishiga ruxsat berdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni qariyb 1,7 million kishiga yaqinlashgan, virus oqibatida vafot etganlar soni 100 ming kishidan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют