» » O‘zbekiston bosh sanitariya inspektori Yuqori Chirchiqdagi karantin zonasida sharoitlar talab darajasida emasligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston bosh sanitariya inspektori Yuqori Chirchiqdagi karantin zonasida sharoitlar talab darajasida emasligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda ijtimoiy tarmoqda Yuqori Chirchiq tumanidagi maxsus shifoxonada sharoitlar talab darajasida emasligi borasida tarqalgan fikrlar yuzasidan munosabat bildirdi.

“Bu obyekt o‘ta qisqa muddatlarda barpo etildi. U yerda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarga barcha shart-sharoitlar yaratib berishga harakat qilindi. Albatta, birdaniga ideal shart-sharoit qilinmagan bo‘lishi mumkin. U yerdagi odamlarni kam sonli qilib alohidalash, yashash va ovqatlanish sharoitlarini qilib berish osonlikcha amalga oshirilmayapti”, — dedi Nurmat Otabekov.

Otabekovning ta‘kidlashicha, bemorlar yashayotgan vagonlarda hojatxona, konditsioner, Uzmobile telefonlari o‘rnatilgan. Ovqatlanishlari uchun bir marotabalik idishlar tashkil qilingan. Ishlatib bo‘lingan idishlar va ovqat qoldiqlari maxsus krematoriylarda yoqib tashlanmoqda.

“Shahar hokimi har kuni o‘sha joyga borib qayerda qanday kamchilik bo‘ladigan bo‘lsa ularni bartaraf qilish uchun harakat qilyapti. Bu o‘tkinchi muddat. Juda ko‘p narsa talab qilishimiz ham mantiqan to‘g‘ri emas”, — deydi u.

Avvalroq Nurmat Otabekov aholini yana bir bor karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют