» » Chiroqchida chiroq yo‘qligidan foydalanib do‘konda o‘g‘rilik qilgan shaxs ushlandi

Chiroqchida chiroq yo‘qligidan foydalanib do‘konda o‘g‘rilik qilgan shaxs ushlandi


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida do‘konda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Chiroqchi tumani markazida 8-apreldan 9-aprelga o‘tar kechasi ob-havo sababli texnik nosozlik yuzaga kelib, tuman vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan. Vaziyatdan kelib chiqib hududda Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari qo‘riqlovdagi obyektlarning nazoratini yanada kuchaytirgan.

Tongi soat 04:00 larda tumanning Mustaqillik ko‘chasida joylashgan kanstovar do‘koni kirish eshigining qulfi buzish yo‘li bilan ochilganligi aniqlagan. Noqonuniy ravishda do‘konga kirib o‘g‘irlik qilgan shaxs do‘kondan chiqib ketmoqchi bo‘lib turgan vaqtda, u Milliy gvardiya xodimlari tomonidan voqea joyida ashyoviy dalillar (2 million 100 ming so‘m va Samsung A 10 rusumli uyali telefon apparati) bilan qo‘lga olingan.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda ushlangan shaxs Chiroqchi tuman ichki ishlar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Buxoroda mahallasidagi bolalar bog‘chasiga o‘g‘rilikka tushgan yigit qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют