» » Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida yana 2186 kishida koronavirus aniqlandi, 24 kishi vafot etdi

Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida yana 2186 kishida koronavirus aniqlandi, 24 kishi vafot etdi


O‘tgan bir sutka ichida Rossiyada koronavirus oqibatida 24 kishi vafot etdi. Bu haqda virusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya poytaxtida koronavirus bilan kasallangan jami bemorlar soni 10 158 kishiga yetgan.

Virus oqibatida vafot etganlarning aksariyati Moskva shahrida — 14 kishi. Bundan tashqari, 11-aprel kuni poytaxt shifoxonalaridan COVID-19 koronavirus infeksiyasidan davolanishga muvaffaq bo‘lgan 188 bemorga javob berilgan. Shunday qilib, Moskvada koronavirusdan davolangan bemorlarning jami soni 687 kishiga yetdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka davomida butun mamlakat bo‘ylab yana 2186 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning 1306 nafari Moskvada istiqomat qiladi. Hozirga qadar poytaxtda 72 kishi, butun mamlakat bo‘ylab esa 130 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtda koronavirus infeksiyasining eng yuqori cho‘qqisi hali sodir bo‘lmaganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Moskvada ko‘chaga chiqish uchun raqamli ruxsatnoma joriy qilinadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 833 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют