» » Namanganda Xalq banki xodimi koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib chiqdi. Bu haqda video ulashgan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi

Namanganda Xalq banki xodimi koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib chiqdi. Bu haqda video ulashgan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi


Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan Xalq banki Namangan viloyat filiali xodimi joylarda pensiya pullarini tarqatgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Viloyat filiali direktori Bahrom Yo‘ldoshev bu xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Yo‘ldoshevga ko‘ra, Xalq bankining Namangan shahar va tumanlar bo‘limlarida ishlovchi barcha xodimlari koronavirus infeksiyasiga testdan o‘tkazilgan. Test sinovlari ularning barchasi sog‘lom ekanligini ko‘rsatgan.

2020-yil 11-aprel kuni Namangan shahar Xalq bankida ishlovchi xodim koronavirus infeksiyasi bo‘yicha topshirgan tahlil natijalariga ko‘ra, unda mazkur virus alomatlari bor deya gumon qilingan, biroq Toshkendagi tahlillar davomida bu gumon tasdiqlanmagandi. U 1-apreldan 11-aprelga qadar Namangan shahrining 6 ta mahallasida istiqomat qiluvchi nafaqa oluvchilarga pul tarqatgan.

Ushbu hududlarda infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida shahar IIO FMB xodimlaridan iborat 6 ta guruh tuzilib, nafaqa olgan fuqarolarning xonadonlarini karantin nazoratiga olish, ularga tushuntirish ishlari olib borish bo‘yicha amaliy ish tashkil etildi.

Namangan viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, ushbu tadbirga jalb etilgan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB xodimi biriktirilgan shtabida o‘zini guruh a’zolari bilan birga videotasvirga olib, aholi orasida vahima chiqaruvchi hamda bank xodimini obro‘sizlantiruvchi va asossiz ma’lumotlarni gapirib, 39 soniyali videotasvirni Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishiga yuborgan.

Aniqlangan holat yuzasidan viloyat IIB O‘z xavfsizligi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu xodim “Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarining 144-bandi “i”, “k” kichik bandlariga muvofiq, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzganligi hamda ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi uchun IIO xizmatidan bo‘shatildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют