» » SSV tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

SSV tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tez yordam mashinasi hamda Epica to‘qnashuvi oqibatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

“14-aprel kuni soat 12:38 Olmazor tumani Chig‘atoy Darvoza chorrahasida chaqiruv bo‘yicha ketayotgan Ford rusumli tez yordam mashinasi hamda Chevrolet Epica rusumidagi avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda 5 kishi jarohatlangan. Ular zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Jarohatlanganlardan biri ko‘chma brigada shifokori, 32 yoshli U.U.ning ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli uyiga javob berilgan.

Tezkor brigada feldsheri, 20 yoshli O.O., tez yordam avtomashinasi haydovchisi, 55 yoshli I.G. hamda Chevrolet Epica haydovchisi va yo‘lovchisi: 46 yoshli N.S. va 20 yoshli M.A. esa markazning neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirda yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bergan ma’lumotda.

Avval Toshkentda YTHga uchragan Ford rusumidagi tez yordam mashinasiga jiddiy zarar yetgani va u chorrahada chap tomonga ag‘darilgani, Ford’ning chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida chorrahaga chiqib kelgan vaqtida Epica bilan to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi jarohat olgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют