» » Transport vazirligi: “Karantindan olib kelinayotgan 50 nafar fuqaro yo‘lda qoldirib ketilgani asossiz va haqiqatdan yiroq”

Transport vazirligi: “Karantindan olib kelinayotgan 50 nafar fuqaro yo‘lda qoldirib ketilgani asossiz va haqiqatdan yiroq”


O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov 14-aprel kuni AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda aholidan kelib tushayotgan savollarga javob berdi. Unda 13-aprel kuni soat tungi 01:00 Toshkent viloyatida joylashgan karantin zonasidan olib kelinayotgan 50 nafar fuqaro yo‘lda qoldirib ketilgani yuzasidan izoh so‘raldi.

Navro‘z Ashurmatovning bildirishicha, mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish ishlarida xabar mutlaqo asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligi oydinlashdi. Uning ta’kidlashicha, shu kuni avtobus haydovchisi karantin muddati tugab uylariga qaytayotgan barcha yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘ygan.

“Biroq joriy yilning 10-aprel kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin o‘tash maxsus hududida bo‘lgan va uyiga javob berilgan fuqarolarni doimiy yashash manzillariga yetkazib qo‘yish davomida avtobus haydovchisi va yo‘lovchilarning o‘zaro tushunmovchiligi sabab haqiqatan ham 3 nafar fuqaroni o‘z manziliga (Al-Xorazmiy mavzesiga) yetkazmasdan Farhod bozori atrofida tushirib qoldirgan. Natijada bu fuqarolar yo‘lda qolib ketishgan. Haydovchining bu xatosi sabab unga nisbatan ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanildi”, — degan Ashurmatov.

Mavzuga doir: Toshkentda avtobus haydovchisi karantindan chiqqanlarni uylariga yetkazmasdan yo‘lda tashlab ketgani ma’lum bo‘ldi

Uning aytishicha, yuqoridagi kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin o‘tash maxsus hududida bo‘lgan fuqarolarni o‘z manzillariga uylariga yetkazib qo‘yish uchun “Toshshahartransxizmat” AJ va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan birgalikda maxsus yo‘nalishlar ishlab chiqilib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha fuqarolarni manzillarga yetkazilmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarni kichik massiv va mahallarga olib kirish uchun Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tuman bo‘limlarining post-patrul xizmati xodimlari tomonidan uyga yetkazish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir: Yuqori Chirchiqdagi karantin poligonida 18 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют