» » Olimlar koronavirusga chalinganlar ta’m bilish va hid sezish hissini yo‘qotayotganini o‘rganmoqda

Olimlar koronavirusga chalinganlar ta’m bilish va hid sezish hissini yo‘qotayotganini o‘rganmoqda


Dunyoning 38 davlatidan bo‘lgan 500 dan ortiq olimlar koronavirus sabab bemorlar ta’m va hid bilish hissini yo‘qotayotgani ustida tadqiqot olib bormoqda. Bu haqda Fransiya ilmiy tadqiqotlar milliy markazi (CNRS)ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“COVID-19 aniqlangan ko‘plab bemorlar ta’m bilish (agevziya) va/yoki hid sezish (anosmiya) qobiliyatini yo‘qotgan. Dunyoning 38 davlatidan bo‘lgan 500 dan ortiq tadqiqotchilar ushbu fenomenni o‘rganish maqsadida Global kimyoviysensor tadqiqotlar konsorsiumi (GCCR) dorasida birlashdi”, — deyiladi CNRS xabarida.

Fransiya xalqaro loyihaga o‘zining ilmiy muassasalaridagi laboratoriyalari va qurilmalarini jalb etgan.

Tadqiqot ishtirokchilari bemorlar orasida yoki COVID-19 bilan kasallangan insonlar o‘rtasida 20 dan ortiq tilda xalqaro so‘rov o‘tkazmoqda. Olimlar o‘z oldiga insonning yoshidan va boshqa holati hamda sharoitlarini hisobga olib, uning ta’m bilish va hid sezish hissiga kasallikning ta’sirini aniqlash va uni baholashni maqsad qilib qo‘ygan.

Barcha ma’lumotlar anonim tarzda to‘planadi va ishonchli himoya qilinadi.

Mavzuga doir: Olimlar COVID-19’ning murdadan tirik odamga yuqishi bo‘yicha birinchi holat kuzatilganini ma’lum qildi

Avvalroq AQShda dunyoda birinchi marta koronavirus vaksinasi odamda sinab ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют