» » Karantin vaqtida pochta aloqasi obyektlarida saqlanib turilgan pochta jo‘natmalaridan qo‘shimcha haq olinmaydi

Karantin vaqtida pochta aloqasi obyektlarida saqlanib turilgan pochta jo‘natmalaridan qo‘shimcha haq olinmaydi


“Daryo” muxbirining xabar berishicha, karantin vaqtida pochta aloqasi obyektlarida saqlanib turgan pochta jo‘natmalaridan qo‘shimcha haq olinmaydi. Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ma’lumot berib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston pochtasi” tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar ularning nomiga kelib tushgan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish obyektining karantinga olingani tufayli yetkazib berish imkon bo‘lmagan hollarda ushbu pochta jo‘natmalari vaqtincha pochta aloqasi obyektlarida saqlanadi, bunda saqlash uchun qo‘shimcha haq olinmaydi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan yuborilgan va manzillariga yetib bormagan ba’zi bir jo‘natmalar karantin davri tugaganidan so‘ng yetkazilishi xabar qilindi.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston pochtasi” koronavirus tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalari kechikib kelishidan ogohlantirdi

“O‘zbekiston pochtasi AJ pochta aloqasi xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlab, fuqarolardan pochta jo‘natmalarini qabul qilmoqda. Mazkur qabul qilingan jo‘natmalar o‘z vaqtida qabul qilib oluvchilarning manzili bo‘yicha xizmat qiladigan pochta aloqasi obyektlariga yetkazib berilmoqda. Hozirgi kunda ba’zi bir shahar, tuman va mahallalar karantin holatiga o‘tgani sababli yetkazib berish xizmatlarida kechikishlar yuzaga kelmoqda. Ushbu jo‘natmalar saqlanayotgan joyida, shubhasiz, qanday holatda kelgan bo‘lsa, o‘sha holatda obyektlardagi karantin muddati tugaganidan so‘ng oluvchilarga yetkazib beriladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют