» » Yaponiyaning butun hududida favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

Yaponiyaning butun hududida favqulodda holat rejimi e’lon qilindi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe favqulodda holat rejimi mamlakatning butun hududida joriy qilinishini ma’lum qildi. Favqulodda holat rejimi 7-maygacha amalda bo‘ladi. Bu haqda NHK xabar berdi.

Mamlakat hukumatining ma’lum qilishicha, bu qarorning qabul qilinishiga favqulodda holat joriy qilingan yettita hududdan tashqarida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan.

Yaponiyada favqulodda holat rejimi 7-aprelda mamlakatning 47 ta prefekturasidan 7 tasida, shu jumladan, Tokioda e’lon qilingan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 8600 kishidan oshgan, 178 kishi kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Yaponiyalik olimlar koronavirus ko‘payishini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan preparat nomini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют