» » Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektorlari cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi

Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektorlari cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi


15-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida cho‘kayotgan ayol profilaktika inspektorlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Postda.uz” xabar qilgan.

Voqea Xo‘jayli tumani IIB HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Biysenbay Qayipnazarov va profilaktika inspektori, kapitan Salamat Utemisov kundalik taqsimot bo‘yicha o‘zlariga biriktirilgan “Suo‘yenli” MFY hududida aholining karantin qoidalarga amal qilishini nazorat qilish yuzasidan xizmat olib borayotgan paytda ro‘y bergan.

Xodimlar chamasi soat 11:00 larda hududdan oqib o‘tuvchi Suo‘yenli kanali bo‘yida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib qolgan. Ularning tezkor amaliy harakatlari tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

Qutqarilgan ayolning shaxsi ham aniqlangan. U shu tumanda yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan D.A. bo‘lib chiqdi. Ayol oilaviy kelishmovchilik tufayli o‘z joniga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentda Qichqiriq kanalida cho‘kayotgan ayolning Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qutqarilgani, FVV akademiyasi kursanti Namanganda kanalda oqib ketayotgan fuqaroni suvdan olib chiqqani, Namanganda cho‘kayotgan ayolni qutqargan milliy gvardiya xodimining o‘zi suvda bedarak yo‘qolgani, Samarqandda talabalar Darg‘om kanalida cho‘kayotgan qizni qutqarib qolgani va taqdirlangani, Toshkentda IIBB patrul-post xizmati xodimi Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan ayolni qutqargani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют