» » “JCh—2006 finalidan so‘ng italiyaliklar meni tanqid qildi, aslida ular qadamimni o‘pishi kerak edi” — Materatssi

“JCh—2006 finalidan so‘ng italiyaliklar meni tanqid qildi, aslida ular qadamimni o‘pishi kerak edi” — Materatssi


Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materatssi 2006-yilgi Jahon Chempionatidan so‘ng vatandoshlari tomonidan tanqidga uchraganini yodga oldi.

Fransiyaga qarshi final bahsida Materatssi birinchi bo‘limda hisobni tenglashtiradi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa raqib yetakchisi Zinedin Zidanni provakatsiya qiladi va fransiyalik futbolchi unga boshi bilan zarba beradi. Shundan so‘ng, Zidan qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakun topadi, penaltilar seriyasida Italiya g‘alabani qo‘lga kiritadi.

“Fransuzlar Zidanni himoya qildi, men esa o‘z vatandoshlarim tanqidlari ostida qoldim, ularni haqiqiy italiyalik deb hisoblamayman. Men vatanparvarman va har doim Italiya bayrog‘ini himoya qilaman. Hammasidan ham ularning tanqidi og‘ir botdi. Bu odamlar finaldagi golim uchun bosgan qadamimni o‘pishlari kerak edi”, — deydi Materatssi.

Mavzuga doir: “JCh—2006 finalidan so‘ng Zidan bilan 2 yil gaplashmaganman” — Villi Sanyol

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют