» » Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 150 ming kishidan oshib ketdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 150 ming kishidan oshib ketdi


Butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 150 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Qurbonlarning yuz mingdan ortig‘i beshta davlat hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — AQSh (34,5 ming), Italiya (22,7 ming), Ispaniya (19,6 ming), Fransiya (18,7 ming) va Buyuk Britaniya (14,6 ming).

Shuningdek, butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 2,3 million kishiga yaqinlashmoqda, 563 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus sun’iy usulda tayyorlanganligi haqidagi ayblovga javob qaytardi

O‘zbekistonda esa 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1450 kishiga yetdi. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 156 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют