» » Nukusda 6 yashar qizaloq koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 171 nafarga yetdi

Nukusda 6 yashar qizaloq koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 171 nafarga yetdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlarida bir nafardan, jami uch nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Bu haqda 18-aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Nukus shahrida 6 yoshli qizaloq, Andijon shahrida 33 yoshli erkak, Namangan shahrida 46 yoshli ayol sog‘aygan. Ularning bari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan edi.

“Hozirga qadar O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 171 nafarga yetdi”, — deya qayd etib o‘tgan vazirlik. Avvalroq 18-aprel kuni Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida jami 12 kishi sog‘aygani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1450 ta holat aniqlangan; o‘tgan vaqt davomida kasallikka chalingan to‘rt bemor vafot etgan.

Bundan tashqari, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijdagi 73 nafar vatandoshda ham koronavirus aniqlangan, ularning kamida to‘rt nafari vafot etgan. Vafot etganlarning uch nafari AQShda, bir nafari esa Rossiyada bo‘lib turgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют