» » Tahlilchilar: Koronavirus tufayli iPhone 12 lineykasidagi smartfonlar noyabrdan boshlab sotiladi

Tahlilchilar: Koronavirus tufayli iPhone 12 lineykasidagi smartfonlar noyabrdan boshlab sotiladi


Goldman Sachs banki ekspertlari va tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Apple iPhone 12’ning hamma modellarining yetarli miqdorini sentabrgacha ishlab chiqarishga ulgurmagani bois, smartfonlar noyabr yoki undan ham kechroq sotila boshlaydi.

Taqdimot qachon o‘tkazilishi noma’lum. Apple oz an’anasiga sodiq qolgan holda iPhone 12 lineykasidagi smartfonlar taqdimotini sentabrda o‘tkazib, ularni sotishni kechroq boshlashi yoki taqdimot sanasini keyinroqqa ko‘chirishi ham mumkin.

Xitoyda Apple smartfonlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Foxconn zavodi karantindan so‘ng ishini qayta tiklagan. Biroq Apple’ning ko‘plab xodimlari hozirgacha uydan ishlashda davom etmoqda. Shaharlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar cheklangani uchun yangi modellarni ishlab chiqarishda muammolar kuzatiladi.

Glodman Sachs hisobotining boshqa qismi yangi modellarning moliyaviy istiqbollariga mo‘ljallangan.

Tahlilchilarning fikricha, joriy yilda bozor koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri tufayli iPhone 12’ning qimmat modellarini yaxshi qabul qilmasligi mumkin. Odamlar iPhone 12’ni sotib olishni keyinroqqa qoldirishi yoki hamyonbop modellar, xususan, iPhone 11 yoki yangi iPhone SE’ni xarid qilishi mumkin.

Bankning prognoz qilishicha, koronavirus oqibatlari tufayli Apple’ning daromadi 2020-yilning uchinchi choragida o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir miqdorda kamayishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют