» » Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 11 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 11 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 bemor butkul sog‘ayganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelgan bo‘lib, 7 nafari “Botanika” sanatoriysiga, qolgan 4 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgandi.

Ularda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangach, bemorlar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga joylashtirilgan. Tuzalganlarning 7 nafari erkak, 4 nafari ayollar. 4 nafari — Toshkent shahrida, 4 nafari — Toshkent viloyatida, 2 nafari — Farg‘ona va 1 nafari — Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar. Sog‘ayganlarning eng yoshi kattasi 51 da, eng kichigi esa 23 yoshda.

19-aprel 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning umumiy soni 225 nafarni tashkil qilmoqda.

19-aprel soat 16:06 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan butkul sog‘ayganlar soni 214 kishiga yetgani ma’lum qilingan.

18-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan holda 38 nafarga yetib, jami 194 nafarni tashkil etgani xabar berilgan.

O‘zbekistonda 19-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1543 nafarni tashkil etmoqda, o‘tgan vaqt davomida kasallikka chalingan besh nafar bemor vafot etgan.

Bundan tashqari, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijdagi 73 nafar o‘zbekistonlikda ham koronavirus aniqlangan, ularning kamida to‘rt nafari vafot etgan. Vafot etganlarning uch nafari AQShda, bir nafari esa Rossiyada bo‘lib turgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют