» » Ralph Lauren pandemiya vaqtida saratonga chalingan bemorlar uchun mablag‘ ajratdi

Ralph Lauren pandemiya vaqtida saratonga chalingan bemorlar uchun mablag‘ ajratdi


Dunyoga mashhur libos brendi Ralph Lauren’ga qarashli fond koronavirus pandemiyasi vaqtida onkologik kasallarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ ajratdi. Harper’s Bazaar nashrining yozishicha, mart oyi oxirida dizayner Ralf Loren tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 10 million dollar mablag‘ xayriya qilingan.

Endilikda kompaniya fondi nafaqat tibbiyot xodimlari, balki saraton bilan kasallanganlarga ham yordam ko‘rsatmoqchi. Chunki aynan ushbu kasallikka chalingan bemorlarda immunitet pastligi sabab COVID-19’ni yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 

Ajratilgan mablag‘lar tadqiqot laboratoriyalarida tahlil olish, COVID-19’ni erta aniqlash, tashxis qo‘yish hamda zarur tibbiyot jihozlarini xarid qilish uchun sarflanadi. Jamg‘arma moliyaviy yordamdan tashqari Italiyada joylashgan Yevropa onkologiya instituti, Germaniya saraton tadqiqot markazi va boshqa tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ham qo‘shimcha mablag‘ to‘plashni boshlaydi.

Shuningdek, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyada virus bilan kasallanganlar — bemor va tibbiyot xodimlari uchun brendning 130 000 nusxa uy liboslari tarqatiladi.

Ma’lumot uchun, Ralph Lauren saraton kasalligiga qarshi kurashda 20 yildan ortiq vaqtdan buyon skanerlash, erta tashxis qo‘yish, bemorlarni davolash va o‘qitish dasturlarini qo‘llab-quvvatlab keladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют