» » Nigeriyadagi bo‘sh xonadondan 43 million dollar va 27 ming funtdan ziyod pul topildi

Nigeriyadagi bo‘sh xonadondan 43 million dollar va 27 ming funtdan ziyod pul topildi


Nigeriyada korrupsiyaga qarshi kurash maxsus bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan operatsiya vaqtida bir turar joydan 43 million dollardan ziyod mablag‘ topildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Rasman hech kim yashamaydigan xonadonda noqonuniy pul saqlanayotgani haqida o‘zining kimligini ma’lum qilmagan shaxs xabar bergan.

Nigeriya federal hukumatining Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha komissiyasi (EFCC)ga mazkur shaxs tomonidan Lagos shahri Osborn-Tauers tumanidagi xonadonlardan birida shubhali faollik kuzatilayotgani haqida xabar yetkazilgan. Unga ko‘ra, xonadonga bir necha odam sumkalar bilan kirib-chiqib yurgan. Ularning ta’kidlashicha, sumkalar ichida kiyimlar bo‘lgan.

Turar joy majmuasi qo‘riqchilari ushbu xonadondan hech kim foydalanmasligi, faqat vaqti-vaqti bilan bir “ozib ketgan ayol iflos kiyimda” kelib turganini aytgan.

Sud orderini qo‘lga kiritgach, kuch tuzilmalari xodimlari 7-qavatdagi to‘rt xonali xonadonni buzib kirdi va u yerda ichiga 43 million dollar, 27 mingdan ziyod funt sterling va 23 milliondan ko‘proq Nigeriya nayri (salkam 73 ming dollar) taxlangan uchta yonmaydigan shkafni topdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют